Toshkent shahrida 21 noyabr, juma kuni soat 14:00da kuchi 2 balldan ortiq bo`lmagan kuchsiz erosti silkinishlari sezildi. Bu haqda, Toshkent seysmostansiyasiga asoslanib, «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Zilzila markazi Afg`onistondagi Hindikush tog`larida, Toshkentdan 530 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Episentrda zilzila magnitudasi 5,5ga teng bo`lgan.