O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Gidrometeorologiya xizmati markazi 22—23 noyabr kunlari uchun ob-havo ma`lumotini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Uz24.uz.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 3—8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 10—12 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, ba`zi joylarda 2 daraja sovuqgacha, kunduzi 10—15 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 13—18 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 5—10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo`ladi.