AsosiyJamiyat

UMS turli hududlardagi xizmat ko`rsatish markazlari rahbarlarini ishga olishini e`lon qildi

Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatori O`zbekistonning turli hududlaridagi xizmat ko`rsatish markazlariga rahbar lavozimi uchun ishga taklif qilingan e`lonlar bermoqda, deb xabar berdi Uz24.uz.

Kompaniya Myjob.uz saytida Kitob va Shahrisabz shaharlaridagi xizmat ko`rsatish markazlari rahbari lavozimiga ishga olish uchun e`lon joylashtirgan. Avvalroq, xuddi Termiz, Andijon, Navoiy va Qarshidagi aynan shu lavozim uchun e`lonlar berilgani qayd etilgan.

Bundan tashqari, UMS’ning Facebookda sahifasi ham ochilgan bo`lib, hozirgacha 488 nafar obunachi to`plagani aytilgan.

Avvalroq, Toshkentda UMS dilerlik ofislari ochilishga tayyorlanayotgani, Farg`onada esa UMS bilan dilerlik shartnomalari tuzish bo`yicha murojaatlar qabul qilinayotgani xabar berilgan edi. Shuningdek, UMS aloqa markazi operatorlarini ishga olishini ham e`lon qilgan edi.

Eslatib o`tamiz, «MTS-O`zbekiston» o`rniga tashkil qilingan UMS mobil aloqa operatori o`z tijoriy faoliyatini 2014 yil 1 dekabrdan boshlashi ko`zda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar