Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodga Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi mamlakatlari hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun kelgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o`rinbosari Rustam Azimovni qabul qildi. Bu haqda «Turkmaniston: oltin asr» nashri xabar berdi.
Uchrashuvda uzoq muddatli turkman-o`zbek sheriklik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollariga tegishli masalalar bo`yicha fikr almashildi.
Turkmaniston davlati rahbari va O`zbekiston bosh vaziri birinchi o`rinbosari MDH sammiti doirasidagi ushbu uchrashuv ikki davlat sherikligini yanada optimallashtirish yo`lida yana bir muhim bosqich bo`lishiga ishonch bildirdi.