17 aprel kuni Orenburg oblastining Akbulak qishlog`ida mahalliy aholi vakillari erkak kishining jasad qoldiqlarini topishgan.
Uning yonida O`zbekistonning 22 yoshli fuqarosi Sardor Norboev nomiga berilgan pasport bo`lgan.
Aniqlanishicha, yigit qish faslida bedarak yo`qolgan. 2019 yil 22 fevral kuni «Akto`be e`lonlari» sahifasida uning rafiqasi - Kseniya Norboeva qidiruvda yordam so`rab e`lon joylashtirgan.
Yigit Qozog`istondan Rossiya Federasiyasiga chegarani noqonuniy kesib o`tishni rejalashtirgan. Biroq, u faqat Orenburg oblastining Akbulak qishlog`iga yaqin maydongacha kelgan, so`ng shu erda muzlab qolgan.
19.04.2019 16:10
Ikki oy oldin yo`qolgan o`zbekistonlik yigit jasadi qoldiqlari Qozog`istondan topildi
