O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o`z mutaxassislari orasida «Akademiada — 2014» sport musobaqalarini o`tkazmoqda, deya xabar berdi «Turkiston-press» nodavlat axborot agentligi.
18 noyabrgacha «Akademiada — 2014»ning ilk bosqichi bo`lib o`tdi, unda sportning har xil turlari bo`yicha Fanlar akademiyasining turli tashkilotlari xodimlari qatnashdi.
«Akademiada»ning final bosqichi dekabr oyining birinchi yarmida o`tkazilishi rejalashtirilgan. Unda maxsus tayinlangan hakamlar hay`ati tennis, shaxmat, mini-futbol va sportning boshqa turlari bo`yicha g`oliblarni aniqlaydi.