24−25 noyabr kunlari Qamchiq dovonida ob-havo o`zgarishi kutilmoqda. Bu haqda O`zbekiston gidrometeorologiya markazi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bu kunlarda dovonda yomg`ir yog`ib, uning qorga aylanishi ehtimoli bor.
Shamol tezligi 15−20 metr/sekundgacha kuchayishi, havo harorati esa −12 darajagacha pasayishi kutilmoqda.