Filippinda dunyodagi eng qimmat kurort ochildi, deya xabar qilmoqda Daily Mail nashri.
Banwa Private Island deb nomlangan kurort Palavan arxipelagidagi butun boshli orolni egalagan. Mehmonlar u erga Manila orqali uchib kelishadi.
Olti villadan iborat Banwa Private Island kurortida bir sutka dam olish 100 ming dollarni tashkil etadi.
Mehmonlar bu erda suzish, suv motosikli va katamaranda sayr qilish, tennis o`ynash, yoga bilan shug`allanishlari, restoranga borishlari mumkin.