Му5
4

Ular Vatan uchun jang qildilar: Urush mavzusidagi eng yaxshi kinofilmlar (Foto)

Dunyo 09.05.2019, 21:54
Теглар: Foto
3657
Ular Vatan uchun jang qildilar: Urush mavzusidagi eng yaxshi kinofilmlar (Foto)

Urush mavzusi kinematografiyada alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi, deya yozmoqda Kinopoisk.ru nashri.

Quyidagi urush haqidagi eng yaxshi 5 kinofilmda nafaqat urush mavzusi, qolaversa, insonning tirik qolishiyu o`ziga va Vataniga sodiq qolishi mavzulari tilga olingan.

1. “Vijdon amri ila” (2016, Avstraliya, AQSh)

Rejissyor: Mel Gibson

Bosh rollarda: Endryu Garfild, Sem Uortington

Ikkinchi jahon urushi paytida Okinava uchun kechgan jangda medik Dezmond Doss qo`liga qurol olmaslikka va odam o`ldirmaslikka qasam ichadi. Shu tariqa u bironta ham o`q otmay, urush olovidan yuzlab odamlarni elkasida ko`tarib olib chiqadi.

2. “Dyunkerk” (2017, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya)

Rejissyor: Kristofer Nolan

Bosh rollarda: Tom Xardi, Killian Myorfi, Finn Uaytxed

Filmda Dyunkerk operasiyasi davomida uch yuz mingdan ziyod Britaniya askarlarining ajal komidan olib chiqish hikoya qilinadi. Kinolentada bosh qahramon biror shaxs emas, balki vaziyat va vahimadir.

3. “Oddiy askar Rayanni qutqarish” (1998, AQSh)

Rejissyor: Stiven Spilberg

Bosh rollarda: Tom Xenks, Tom Sayzmor, Mett Deymon, Vin Dizel

Kapitan Jon Millerga og`ir vazifa yuklanadi. U o`z otryadi bilan urushda uch aka-ukalari halok bo`lgan oddiy askar Rayanni uyga qaytarishi lozim. Ammo o`jar Rayan o`z postini tashlab ketmaydi. Ana shunda kapitan Miller askar Rayanning oilasi bag`riga qaytishi uchun jonini beradi.

4. “G`azab” (2014, AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya)

Rejissyor: Devid Eyr

Bosh rollarda: Bred Pitt, Logan Lerman, Shaya LaBaf

Dushman qurshovida qolgan tankchilar guruhi kapitani Uordeddining maqsadi bitta: nima qilib bo`lsa-da, tirik qolish va o`z askarlarining jonini omon saqlash...

5. “Engilmas” (2014, AQSh)

Rejissyor: Anjelina Joli

Bosh rollarda: Jek O’Konnell, Donal Glison, Miyavi

1936 yili Berlinda Olimpiada o`yinlarida qatnashgan engil atletikachi Lui Zamperini Ikkinchi jahon urushida yaponlarga asirga tushadi. Uni sindirishga ko`p va ho`p urinishadi. Ammo o`z vijdoniga sodiq qolgan Zamperinining irodasi bukilmaydi. Oradan 50 yillar vaqt o`tib, Zamperini Yaponiyaga safar qiladi va urush davrida o`ziga zulm qilganlar bilan uchrashib, ularni kechiradi.

Шарҳлар

Xorazmda “Shamol generatori” ishlab chiqariladi

22.01.2020, 18:06

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish tarixan juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Qadimdan quyosh va shamol energetikasidan ma`lum darajada insoniyat o`z yashash turmush tarzida foydalanib kelgan. Masalan...
Qoraqalpog`iston Respublikasida Vatan himoyachilari kuni bayramining yorqin lahzalari (Fotoreportaj)

14.01.2020, 20:17

Bugun, 14 yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Vatan himoyachilari kuni hamda O`zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi bayram tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbirda...
Nukusdagi festivalda harbiylarning chiqishlari, yoshlar bilan quvnoq bahslar, qurol va harbiy texnikalar ko`rgazmasi va boshqalar namoyish etildi (Foto)

14.01.2020, 18:07

Vatanparvarlik oyligi doirasida barcha hududlarda bo`lgani kabi Qoraqalpog`iston Respublikasida ham vatanparvarlik festivallari orqali Vatan himoyachilari kuni ayyomi umumxalq bayrami sifatida xalqimiz bilan birga o`tkazilyapti.Nukus shahri...
Avtraliya tabiiy ofat iskanjasida (Foto)

07.01.2020, 12:29

2019 yilning oktyabr oylarida havo haroratining isib ketishi oqibatida Avstraliyaning sharqiy hududlarida boshlangan o`rmon yong`inlari hozirda Yangi janubiy Uels va Viktoriya shtatlarining janubiy-sharqiy qism hududlarigacha...