Fransiyada kino olamidagi eng nufuzli tadbirlardan biri sanalgan Kann xalqaro kinofestivali o`z ishini boshladi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
72-Kann kinofestivalining ochilish marosimi har doimgidek qizil yo`lakcha hamda yulduzli mehmonlar ishtirokida bo`ldi.
Bu yil tanlovdan 4 nafar ayol rejissyorlarning filmlari o`rin egallagan.
Festivalni Jim Jarmush tomonidan suratga olingan “O`liklar o`lmaydi” nomli kinokomediya ochib beradi. Filmda Selena Gomes va yana bir qancha honandalar rol ijro etgan. Bu gal hakamlar hay`ati raisi vazifasini esa meksikalik kinorejissyor Alexandro Gonsales bajarmoqda. Shuningdek, festival doirasida Osiyo filmlari taqdimoti ham bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Kann kinofestivali 14 maydan 25 mayga qadar davom etadi.