Долзарб мавзулар Foto

Xitoy harbiy delegasiyasi O`zbekistonda ofiser kadrlarni tayyorlash masalasi bilan tanishdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 15.05.2019, 17:26

12—15 may kunlari Xitoy xalq milliy ozodlik amiyasi vakillari O`zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida bo`lib, bu erdagi ta`lim jarayonlari bilan tanishdi.

Xitoy Milliy mudofaa akademiyasi siyosiy ishlar bo`yicha bosh boshqarmasi boshlig`i general-mayor Suy Guyjun boshchiligidagi harbiy delegasiyaning O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrifi davomida harbiy sohaga oid bir qator masalalar bo`yicha tajriba almashildi.

Tashrifdan ko`zlangan maqsad Akademiya professor-o`qituvchilari bilan tajriba almashish, ofiser kadrlarni tayyorlash masalasini o`rganish, Qurolli Kuchlarda o`tkazilgan islohotlar va uning qurilishi bo`yicha o`zaro fikr almashish hamda harbiy qismlardagi jangovar tayyorgarlik bilan tanishishdan iborat bo`ldi.

Uchrashuv davomida O`zbekiston mudofaa vazirining o`rinbosari, Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig`i general-mayor Azizbek Ikramov mamlakatlarimiz o`rtasida harbiy yo`nalishda hamkorlikni yanada oshirish, kadrlar tayyorlashda o`z tajribalarimizni o`rtoqlashish muhim masalalardan biri ekanligini alohida ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, 2018 yilning oktyabrida general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegasiya Xitoyga rasmiy tashrifi davomida XXR Milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan uchrashib,ikki mamlakat oliy harbiy ta`lim muassasalari o`rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olgan edi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA