Долзарб мавзулар Foto

​Yilning eng yaxshi hamshiralari aniqlandi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 15.05.2019, 23:53

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Hamshira – 2019” respublika ko`rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo`lib o`tdi. An`aviy tarzda o`tkazilib kelinayotgan mazkur tanlov Sog`liqni saqlash vazirligi, Sog`liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Respublika Hamshiralar assosiasiyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda tanlovning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida g`olib bo`lgan 14 nafar hamshira o`zaro bellashdi.

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, hamshiralarimizning sog`liqni saqlash tizimidagi islohotlarni hayotga tatbiq etishda ularning o`rni muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois yurtimizda olib borilayotgan tibbiy-ijtimoiy islohotlar jarayonidahamshiralik ishini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Tibbiy ta`lim tizimi xalqaro talablardan kelib chiqib takomillashtirilayapti.

Bugungi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi va tibbiyot institutlarining “Oliy hamshiralik ishi” bo`limlarida turli yo`nalishlar bo`yicha besh ming nafarga yaqin oliy ma`lumotli bakalavr xamshiralar tayyorlandi, yuzga yaqin hamshiralar magistr darajasiga ega. Yana bir e`tiborli jihati, 18 nafar oliy ma`lumotli hamshira tibbiyot sohasida falsafa doktori (PhD) ilmiy unvoniga ega bo`ldi. Oliy ma`lumotli hamshiralar va o`rta tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimi ham tubdan takomillashayapti.

An`anaviy tarzda o`tayotgan “Hamshira” respublika ko`rik tanlovining ham o`rta tibbiyot xodimlari faoliyatini qo`llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarning intilishlarini ro`yobga chiqarishda alohida o`rni bor. Tanlovning bu yilgi barcha bosqichlari ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

O`tgan yillardan farqli ravishda bu yil tanlovni o`tkazish tartibi, baholash mezonlari yanada takomillashdi. Tanlovda asosiy e`tibor hamshiralarning bilimi, intellektual va kasbiy salohiyatiga qaratiladigan bo`ldi. Shuningdek, ishtirokchilarning tibbiyot bilan birga mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlar, sog`liqni saqlash tizimidagi islohotlarga daxldorlik tuyg`usi, faol fuqarolik pozisiyasi baholashning muhim mezonlaridan etib belgilandi.

Tanlov natijalariga ko`ra, Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo`limi xirurgiya posti navbatchi hamshirasi Dilafro`z Pattaeva birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Farg`ona viloyati perenatal markazi qabulxona bo`limi katta doyasi Zuhraxon Xaydarova ikkinchi, Jizzax viloyati Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasi homiladorlar patologiyasi bo`limi muolaja hamshirasi Sarvinoz Qo`shboqova uchinchi o`ringa sazovor bo`ldi. G`oliblarga tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg`alar taqdim etildi.

Eslatib o`tamiz, an`anaga muvofiq “Hamshira – 2019” tanlovining g`oliblari tibbiyot oliy o`quv yurtlariga imtiyozli asosda o`qishga qabul qilinishi belgilangan.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA