Dunyo kinosanoati sohasidagi nufuzli nashr -- World of Locations jurnali O`zbekistondagi kinolokasiyalar, bu mamlakatda film suratga olish imkoniyatlari haqida maqola e`lon qildi. 26 ming nusxada chop etiladigan ushbu ixtisoslashgan nashr Berlin, Kann, Gong Kong, London hamda dunyoning turli shaharlarida bo`lib o`tadigan kinobozorlar va yirik tadbirlarda bir yil davomida tarqatiladi.
World of Locations kinofilmlar yaratishni tashkil qilish, suratga olish uchun lokasiyalar haqida ma`lumot beradi va uni butun dunyodagi prodyuserlar
o`z loyihalarini amalga oshirish va hamkorlar topish uchun o`qiydi.
O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi O`zbekiston milliy kinokomissiyasi ko`magida jurnal tahririyati bilan muzokaralar olib borib, mazkur maqolani chop etilishiga erishdi.