Долзарб мавзулар Foto

O`zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to`g`risida

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 16.05.2019, 12:30

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yil 15 mayda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an Janobi Oliylari bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog`ida har ikki davlat rahbarlari kirib kelgan muborak va qutlug` Ramazoni sharif munosabati bilan bir-birlariga o`zlarining qizg`in tabriklarini chin dildan izhor etib, eng ezgu va samimiy tilaklarini bildirdilar.

Prezidentlar an`anaviy do`stlik, qardoshlik hamda strategik sheriklikka asoslangan hamkorlik aloqalari barcha sohalarda, jumladan savdo-iqtisodiy, investisiyaviy hamda madaniy-gumanitar yo`nalishlarda tobora jadallashib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Tomonlar Oliy darajadagi o`zbek-turk strategik hamkorlik kengashining ilk yig`ilishiga puxta tayyorgarlik ko`rish muhimligini alohida ta`kidlab o`tdilar. Shuningdek, bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlar jadvali ko`rib chiqildi.

Do`stona ruhda kechgan muloqot chog`ida davlatlar rahbarlari har ikki xalqqa farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va bardavom yuksalish tiladilar.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA