Долзарб мавзулар Foto

Shavkat Mirziyoev: maqsad - odamlarning haqiqiy talabidan kelib chiqib reja qilish

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 16.05.2019, 14:20

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 may kuni Andijon viloyatiga keldi.

Davlatimiz rahbari dastlab Xonobod shahridagi «Xon tex city» mas`uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Ma`lumki, Xonobod shahri uzoq yillar yopiq hudud bo`lib, sanoat rivojlanmagan, ko`plab ob`ektlar bo`shab qolgan edi. Prezidentimiz 2017 yil 2 iyunda bu erga tashrif buyurib, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit bilan yaqindan tanishgan, vaziyatni tubdan yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar belgilab bergan edi.

Shu asosida 2017-2019 yillarda Xonobod shahrini kompleks rivojlantirish bo`yicha dastur ishlab chiqildi. Unga 3 ming 200 dan ziyod loyihalar kiritilib, 500 milliard so`m mablag` yo`naltirildi. Buning natijasida ko`plab korxonalar tashkil etilib, odamlar ish bilan ta`minlandi.

Anhor mahallasi hududidagi sobiq 4-avtokorxona ham uzoq yillar bo`sh turgan edi. Uning binolari va er maydoni tadbirkorlarga "nol" qiymatda bo`lib berilib, tashkiliy, moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlandi. Bugun bu erda katta-kichik 13 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularda jami 685 kishi ishlamoqda.

«Xon tex city» mas`uliyati cheklangan jamiyati shulardan biri. O`tgan yili ishga tushirilgan korxonada 50 turdagi tayyor kiyim-kechaklar 300 dan ortiq modelda ishlab chiqarilmoqda. Yiliga 500 ming dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Eng muhimi, ilgari ishsiz bo`lgan 300 ga yaqin xotin-qiz bandligi ta`minlangan.

Davlatimiz rahbari korxonadagi sharoitlarni ko`zdan kechirdi, ishchi xotin-qizlar bilan muloqot qildi.

- Hamma harakatlarimiz, farmon va qarorlarimiz zamirida xalqimiz hayotini yaxshilash, farzandlarimizning ertangi kuniga zamin yaratish maqsadi mujassam. Shu boradagi o`zgarishlarni, sizlarning hayotdan roziligingizni ko`rib xursand bo`ldim. Andijonga bu galgi tashrifimizdan ham maqsad - odamlarning haqiqiy talabidan kelib chiqib reja qilish, ularni ta`minlash choralarini ko`rish, - dedi Shavkat Mirziyoev.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA