AsosiySport

​Bugun taekvondo bo`yicha jahon chempionati yakunlanadi

'​Bugun taekvondo bo`yicha jahon chempionati yakunlanadi'ning rasmi

Bugun Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo`yicha jahon chempionatining so`nggi kun bellashuvlari bo`lib o`tadi. Ushbu kun dasturidan o`rin olgan bellashuvlarda 3 nafar hamyurtimiz ishtirok etishi belgilab qo`yilgan.

Ular orasida Dmitriy Shokin, Maksim Rafalovich kabi nomdor vakillarimizning nomini uchratishimiz mumkin. Taekvondochilarimiz birinchi jangini quyidagi raqiblariga qarshi o`tkazishadi:

-87 kg: Maksim Rafalovich – Xadim Nablet (Trinidad va Tobago)
+87 kg: Dmitriy Shokin – Atanasios Nikolaidis (Gresiya)
-62 kg: Feruza Sodiqova – Natali Xamaidi – (Iordaniya)

    Boshqa yangiliklar