Ташкент +4° Tue 19:14
Долзарб мавзулар Foto

​Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o`rtasidagi ko`prik

Бўлимлар: Iqtisodiyot
Теглар:
Добавлено: 20.05.2019, 23:56

2019 yilning 20 may kuni O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan OAV vakillari uchun “Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o`rtasidagi ko`prik” mavzusida brifing tashkil etildi.

Unda joriy yilning 10 may kuni Prezident Sh.M.Mirzieev “Davlat-xususiy sheriklik to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining qonuni mazumun-mohiyatixususida jurnalistlarga batafsil ma`lumot berildi. Qayd etilagindek mazkur qonunni tayyorlashda va uni mukammal darajaga etkazishda respublikaning ko`pgina vazirlik va idoralari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a`zolari, OTB, ETTB, JB, XMK ekspertlari keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Xozirgi kunda respublikaga to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarni jalb qilish va investision muxitni yaxshilash bo`yicha keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Mazkur isloxotlar instusional tiklanishga, zamonaviy qonunchilik asosini yaratishga va investorlar bilan loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Shu o`rinda Davlat-xususiy sheriklikni xam tutgan o`rni juda muxim.Chunki Davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy investisiyalar kirib kelishi va ilg`or zamonaviy boshqaruv tajribasining joriy qilinishi orqali mamlakatdagi infratuzilma va Davlat xizmatlari sifati oshadi. Bunda moliyaviy resurslar xususiy sherik tomonidan ta`minlanadi va asosiy biznes xatarni xususiy sherik o`z zimmasiga oladi. Shu bilan birga 49 yillik shartnomalar juda ham murakkab va yuqori darajali mutaxassislarni jalb qilinishini talab qiladi.

Osiyo taraqqiyot bankining hisob-kitoblariga asosan, O`zbekiston ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirishga har yili o`z YaIMning 7.4 foizi miqdorida (qariyb 3.6 mlrd. AQSh dollari) investisiya kiritishi kerak. Transport, energetika, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, ichimlik suvi va sanitariya sohalariga ehtiyoj bor.

Ko`rinib turibdiki Davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi qonunchilik asosining mavjudligi jamiyat va iqtisodiyotimiz uchun juda muxim. Qonun qabul qilinishidan tashqari, undan kelib chiqadigan qonunchilik xujjatlarining ishlab chiqilishi va ularning ishlashi – ushbu sohada tizimni yaratish uchun zarur hisoblanadi.

Mazkur qonuning qabul qilinishi DXSh sohasiga qonuniy asosni yaratdi, bu esa o`z o`rinda respublikaga investorlar faolligini va ishonchini albatta oshirishga, xususiy sektorning moliyaviy va boshqa resurslarini jalb qilishiga olib keladi. Xozirgi kundagi eng asosiy vazifa bu DXSh tizimini yaratishdir.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA