AsosiyJamiyat

Tashqi ishlar vazirligida AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

2014 yilning 1 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo`yicha yordamchisi Nisha Desai Bisvalni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar beradi.

Mehmon Toshkentga ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun kelgan.

Uchrashuv chog`ida O`zbekiston-AQSh aloqalarining kun tartibidagi masalalar hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Ikki davlat ham ko`p qirrali muloqotni rivojlantirish, uning amaliy tadbig`i va turli sohalardagi qo`shma loyihalarning amalga oshirilishiga muhim ahamiyat qaratishi ta`kidlab o`tildi. Suhbatda AQSh Elchisi Jorj Krol ham ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar