AsosiyJamiyat

Uchuvchisi bo`lmagan moslamalardan foydalanish taqiqlanadi

Hukumat qarori bilan 2015 yil 1 yanvardan boshlab, O`zbekiston hududida uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, sotish va ulardan foydalanish (og`irligi 2 ming kg dan ortiq bo`lmagan jihozlangan bo`sh samolyotlar va boshqa uchish apparatlari) taqiqlanadi, deya yozmoqda uz24.uz

Mazkur hujjat havo kemalaridagi parvozlarning xavfsizligini ta`minlashga hamda O`zbekiston havo hududida uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan ruxsat etilmagan parvozlar amalga oshirilishining oldini olishga qaratilgan.

Davlat bojxona qo`mitasi, Davlat soliq qo`mitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini qo`riqlash qo`mitasi xodimlariga yuqorida ko`rsatilgan faktlarni aniqlash va ularning oldini olish hamda aybdorlarni javobgarlikka tortish bo`yicha zarur choralarni ko`rish haqida ko`rsatma berildi.

    Boshqa yangiliklar