AsosiyJamiyat

Xitoy O`zbekiston bilan hamkorlikni yanada keng, izchil davom ettirishdan manfaatdor

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1 dekabr kuni Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a`zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkunni qabul qildi deya xabar bermoqda O`zA.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O`zbekiston mamlakatlarimiz o`rtasidagi ochiqlik va ishonchga asoslangan teng huquqli va o`zaro manfaatli hamkorlikni yuksak qadrlashini ta`kidladi.

Muntazamlik kasb etgan, o`zaro anglashuv, hurmat va manfaatdorlik ruhida o`tadigan oliy darajadagi uchrashuvlar ikki tomonlama hamkorlikning deyarli barcha yo`nalishlari bo`yicha fikrlar yaqin va o`xshash ekanidan dalolat beradi.

Xitoy Davlat kengashi a`zosi davlatimiz rahbari O`zbekiston – Xitoy munosabatlarining izchil rivojlanishiga ulkan hissa qo`shayotganini alohida ta`kidladi. Go Shenkun O`zbekistonda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik va hamjihatlik yuksak samaralar berayotganini qayd etdi.

Mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi o`zaro hamkorlikning asosiy yo`nalishi – bu turli tahdid va xavf-xatarlarga birgalikda qarshi kurashish bo`yicha chora-tadbirlarni yanada faollashtirishdan iboratdir.

O`zbekiston va Xitoy mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashning muhim omili bo`layotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratmoqda.

Oqsaroydagi suhbat chog`ida ko`p qirrali o`zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga oid masalalar bo`yicha fikr almashildi.

Xitoy Xalq Respublikasi jamoat xavfsizligi vaziri Prezident Islom Karimovga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Xitoy O`zbekiston bilan hamkorlikni yanada keng, izchil davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar