Му5
46

Terma jamoamiz Turkiyaga jo`nab ketdi

Sport 31.05.2019, 12:40
1869
Terma jamoamiz Turkiyaga jo`nab ketdi

Taniqli futbol mutaxassisi Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi 28 maydan 12 iyunga qadar yig`in o`tkazadi.

Mazkur yig`in doirasida vakillarimiz uchta o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirgan. Jumladan, FIFA kunlari doirasida tashkil etilgan ushbu yig`in doirasida dastlabki o`yin 2 iyun kuni Alanya shahrida mahalliy Turkiya terma jamoasiga qarshi bo`lib o`tadi.

photo5443068988763515453.jpg

Shu maqsadda bugun O`zbekiston delegasiyasi Toshkent-Istambul-Antaliya yo`nalishi bo`ylab Turkiyaga jo`nab ketdi. Turkiya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yini 2 iyun kuni Alanya shahridagi "Alanya Stadium"da o`tkaziladi.

Terma jamoamiz a`zolari 3 iyun kuni yarim tunda Toshkentga qaytib keladi va yig`inni poytaxtimizda davom ettiradi. Vakillarimiz 7 va 11 iyun kunlari Toshkentdagi "Milliy" stadionda KXDR hamda Suriya terma jamoalariga qarshi o`rtoqlik o`yinlarida maydonga tushadi.

photo5443068988763515454.jpg

Eslatib o`tamiz, Turkiyadagi o`yinda legioner futbolchilarimizdan Ikrom Aliboev va Doston Tursunov terma jamoaga yordam berisha olmaydi. Ular 3 iyundan terma jamoa yig`iniga qo`shiladi va KXDR hamda Suriyaga qarshi o`yinlarda maydonga tushishi mumkin.

Шарҳлар