Toshkent shahar hokimi tomonidan “Buzilishga tushgan yashash uchun belgilanmagan binolar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning zararini qoplash to`g`risidagi Yo`riqnoma” tasdiqlandi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.
Odamlar yashamaydigan binolar poytaxtimizda olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish, transport infrastrukturasini rivojlantirish munosabati bilan Toshkent shahar hokimining qaroriga ko`ra buzilishi mumkin, deya yozmoqda Norma.uz.
Toshkent shahar hokimligi buziladigan binolar o`rniga shunga o`xshash odam yashamaydigan binolarni yoki er maydonlarini taklif qilmoqda. Agar mulkdor taklif qilingan bino yoki er maydonini qabul qiladigan bo`lsa, Toshkent shahar hokimi tomonidan bu erni yoki binoni unga ajratish to`g`risida tegishli qaror chiqariladi.
Tuman komissiyalari tomonidan Toshkent shahar hokimligiga aholi yashash uylari, boshqa qurilishlarning o`rnini qoplash maqsadida mablag` to`lash bo`yicha taklif kiritishlari mumkin. Bu jarayonda to`lov mahalliy byudjetning chorak yakunlariga ko`ra kelib tushgan daromad qismidan to`lanadi.