Ushbu nodavlat notijorat tashkiloti Buxoro viloyati hududida o`z faoliyatini olib boradi. “Buxoro merosi” markazi ish yuritishi uchun Poyi Kalon arxitektura ansambli maydonining janubida joylashgan restavrasiyaga muhtoj Amir Olimxon madrasasi ajratildi. Bu haqda kultura.uzga markaz direktori, tarix fanlari doktori Robert Almeev xabar bergan.
Ilmiy-tadqiqot markazining asosiy maqsadi – Buxoroning ma`naviy-ma`rifiy, madaniy merosini, uning Sharq va G`arbni bog`lab turuvchi Buyuk ipak yo`lida tutgan o`rnini o`rganish, shuningdek qadimiy shaharni jahon sayyohlik markazlaridan biri sifatida rivojlantirish bo`yicha strategik reja ishlab chiqishdan iboratdir.