Vengriyada polisiya Budapeshtdagi daryoda turistlar kateri bilan ro`y bergan to`qnashuv tufayli kema kapitanini qo`lga oldi, deya xabar bermoqda TASS nashri.
U 64 yoshli Ukraina fuqarosi bo`lib, kapitan holat yuzasidan so`roq qilganidan so`ng hibsga olindi.
Polisiya bergan bayonotga ko`ra, to`qnashuv aynan uning xatosi oqibatida ro`y bergan.
Eslatib o`tamiz, bortida janubiy koreyalik sayyohlar bo`lgan kater boshqa biriga urilib ag`darilishi natijasida 21 kishi bedarak yo`qolgan va 2 nafar inson halok bo`lgan edi.