Toshkent shahridagi «Chilonzor» metro bekati yaqinida avtobus yonib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a`zolari xabar berdi, deb yozmoqda daryo.uz.
Qayd etilishicha, avtobus orqasidagi motor joylashgan qismi 1 dekabr kechasi yonib ketgan. Jabrlanganlar bor-yo`qligi to`g`risida hech qanday ma`lumot berilmagan. Yonib ketgan avtobus qaysi yo`nalishda harakatlangani ham hozircha noma`lum.