Sevimli

Qashqadaryoda 8,5 ming quti tamaki mahsulotlarining qo`shni davlatga noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yildi

Jamiyat 02.12.2014, 14:03
Qashqadaryoda 8,5 ming quti tamaki mahsulotlarining qo`shni davlatga noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yildi

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining tamaki mahsulotlarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o`tilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlari natijasida, joriy yilning o`tgan davrida 31 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan. Hamda qiymati 30 million so`mga yaqin salkam 8,5 ming quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yilgan. Bu haqda uz24.uz nashri Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining axborot xizmati ma`lumotlariga tayanib, xabar beradi.

Jumladan, Dehqonobod tumanining chegaradosh hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida va amaldagi tartiblarga muvofiq ko`zdan kechirilganda, somonxonaga salkam 14 million so`mlik 3 ming 999 quti “Kent” nomli sigaretlar qo`shni davlatga olib chiqish uchun noqonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.

Tumandagi aylanma yo`llarning birida to`xtab turgan “Neksiya” mashinasi bojxonachilarning diqqatini o`ziga tortdi. Kuzatuv davomida mazkur mashina haydovchilari yuk sumkalari va qutilarni tushirayotgan paytda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, qiymati 14 million so`mlik 4 ming quti “Kent” nomli tamaki mahsulotlarini yashirincha qo`shni davlatga olib chiqishni rejalashtirishgani fosh bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

Шарҳлар