AsosiyJamiyat

Toshkentda SES xodimi ko`rinishidagi firibgar paydo bo`ldi

Sanitariya epidemiologiya stansiyasi xodimasi ko`rinishidagi qizlar Toshkent shahridagi ko`pqavatli uylarda suvarakka qarshi dorilarni sotib olishni taklif qilishmoqda.

Uz24.uzning “Jamoatchilik nazorati”ga murojaat qilganlar, o`zlarini go`zyoki SES xodimi deb tanishtirgan va dori taklif qilayotganlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi yo`q ekan.

Shundan so`ng, qizlar ko`pqavatli uylarda yashovchilarni haqorat qilishgan va janjal chiqarishgan. Kuzatuv kamerasi esa ularning yuzini suratga olgan.

Shuningdek, xonadonlarga TChSJ xodimiman deb o`zini tanishtirga yigitlar ham yurishganligini ma`lum qilishgan. Biroq ulardan direktori kim ekanligini so`rashganida qochib qolishgan.

Ushbu masala yuzasidan UZ24 muxbiri Respublika Davlat epidemiologiya nazorat markazi vakili bilan bog`landi. Markazdan berilgan ma`lumotga ko`ra, hech kim dizenifeksiya vositalarini tarqatish uchun yuborilmagan va yuborilmaydi ham. Ma`lum bo`lishicha, aynan shu yoki shunga o`xshash masalada fuqarolar birinchi marta murojaat qilishayotgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar