Jizzax shahridagi bozor va savdo rastalarida sotilayotgan mol va qo`y go`shti uchun bir xil narx belgilanishi mumkin, deya xabar berilmoqda shahar hokimligi saytida.
Iste`molchilar go`shtni do`kon va rastalarda sotuvchilardan 22 ming so`mdan sotishini talab qilishlari so`raladi. Ushbu narx 2015 yilning 10 yanvariga qadar amal qiladi.
Ayni paytda Jizzax shahri aholisi va mehmonlariga arzon va sifatli go`sht etkazib berish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari bozorlar, aholi gavjum hududlar va mahallalar hududida arzon narxlarda sifatli qishloq xo`jalik mahsulotlari etkazib berish maqsadida “Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yarmarka”larini ham tashkil etish rejalashtirilgan.