Ташкент +4° Mon 07:21
Долзарб мавзулар Foto

Yurtimiz bozorlaridagi narx-navolar qanday?

Бўлимлар: Iqtisodiyot
Теглар:
Добавлено: 11.06.2019, 13:33

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o`rganishda davom etadi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq

xo`jaligi mahsulotlarining 2019 yil 9 iyun holatidagi narxlari

Mol go`shti

28 000 so`mdan – 42 000 so`mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol go`shtining narxi 28 000 so`mdan - 40 000 so`mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go`shti uchun eng qimmat narx Jazzax shahri Markaziy dehqon bozori hamda dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000 – 42 000 so`m.

Qo`y go`shti

32 000 so`mdan – 45 000 so`mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo`y go`shti uchun poytaxtimizdagi “Farhod”, “Mirobod”, “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu erda siz 1 kg. qo`y go`shtini 32 000 dan 42 000 so`mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo`y go`shti - 42 000 dan 45 000 so`mgacha.

Tovuq go`shti

12 000 so`mdan – 20 000 so`mgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so`mdan – 14 000 so`mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go`shti esa Qoraqalpog`istondagi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida va Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 so`m.

Guruch

4 000 so`mdan – 14 000 so`mgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 so`m.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozori, Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozori, Namangandagi “Sardoba” va Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 000 – 14 000 so`m.

O`simlik yog`i

8 000 so`mdan – 12 500 so`mgacha

Eng arzon o`simlik yog`i poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu erda siz o`simlik yog`ini 7 200 so`mdan – 11 500 so`mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 10 000 dan 12500 so`mgacha.

Un

1 750 so`mdan – 4 900 so`mgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu erda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 so`m to`lashingiz zarur bo`ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod” va “Qo`yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 350 so`m.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un Buxoro Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 so`m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so`mgacha.

Shakar

4 500 so`mdan – 6 000 so`mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod” hamda “Qo`yliq” dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200 so`m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000 so`m.

Tuxum

350 so`mdan – 700 so`mgacha


Qiziq tomoni shundaki, bir dona tuxumning eng arzoni ham (350 so`m) eng qimmati ham Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan.

Kartoshka

1 000 so`mdan – 3 000 so`mgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, Andijon markaziy dehqon bozori va Farg`ona markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 so`mdan – 2 500 so`mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu” dehqon bozorida, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahri Markaziy dehqon bozori va Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 so`mgacha.

Pomidor

3 000 so`mdan – 15 000 so`mgacha

Eng arzon narx poytaxtimizdagi Qo`yliq dehqon bozorida kuzatildi – 1 500 so`mdan – 4 000 so`mgacha.

Eng qimmat narx ham Toshkentda “Chorsu” va “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 3 000 – 6 000 so`mgacha.

Xo`jalik sovuni

800 so`mdan – 3500 so`mgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo`jalik sovunini 800 so`mdan (3 500 so`mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Xorazmning Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so`m.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA