Ташкент +4° Fri 02:39
Долзарб мавзулар Foto

Bishkek sammiti ShHT jarayonida yana bir marra nuqtasi bo`ladi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 13.06.2019, 13:47

ShHT jahon iqtisodiyoti taraqqiyotiga ko`p tomolama izchil hamkorlikni qo`llab-quvvatlash orqali hissa qo`shmoqda.

Joriy yilning 13-14 iyun kunlari Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo`lib o`tadi. Uning kun tartibiga ko`p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari ustuvor yo`nalishlar sifatida kiritilgan. Muhim voqea arafasida xitoylik hamkasblar bilan birgalikda “Shanxay ruhi”ni rivojlantirish bo`yicha tayyorlangan turkum materiallarni e`tiboringizga havola etmoqdamiz.

Shanxay hamkorlik tashkiloti o`zining 18 yillik sanasini Qirg`iziston poytaxti Bishkekda nishonlamoqda. O`tgan vaqt mobaynida mazkur tashkilot barqaror va sog`lom ruhda rivojlandi.

ShHTning ilk olti a`zosi — Xitoy, O`zbekiston, Rossiya, Qozog`iston, Tojikiston va Qirg`izistondan keyin 2017 yilda yana ikki mamlakat — Hindiston va Pokiston qo`shildi. Hozirgi vaqtda ShHTda 8 ta a`zo-davlat, 4 ta kuzatuvchi-davlat va 6 ta muloqot uchun hamkor-davlat faoliyat yuritmoqda. O`z faoliyatining 18 yili davomida ushbu tashkilot jug`rofiy va aholi soni jihatidan dunyodagi eng yirik tuzilmaga aylanib, Evrosiyoning beshdan uch qismini va dunyo aholisining qariyb yarmini qamrab oldi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati yo`lga qo`yilganidan buyon Xitoy bilan boshqa ShHTga a`zo davlatlar o`rtasidagi savdo aylanmasi 20 barobar ortib, 2018 yil yakunlari bo`yicha 12 milliard AQSh dollaridan 255 milliard AQSh dollariga etdi. Tashkilotga a`zo davlatlarning yalpi ichki mahsulotini dunyo mamlakatlari bilan qiyoslaganda20 foizdan oshadi.

ShHT bunday muvaffaqiyatga qanday erishdi? Jahon ommaviy axborot vositalari ma`lumotlariga ko`ra, tashkilotning misli ko`rilmagan darajada rivojlanishiga asos “hamkorlik” degan kalit so`zining mavjudligidir. Shanxay hamkorlik tashkiloti xalqaro maydonda multilateralizm — tashqi iqtisodiy munosabatlarning himoyachilaridan biriga aylandi. Uning mexanizmlari har bir mamlakatga barcha sheriklar bilan munosabatlarda teng imtiyozlarga ega bo`lish imkonini berayotir. Aynan ShHT bilan aloqalarni yo`lga qo`yish davlatlarning yanada gullab-yashnashi va jozibadorligini oshirishga ko`maklashmoqda. Misol uchun, uzoqqa borishga hojat yo`q: 18 yil ichida Xitoy dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotga ega mamlakatga aylandi, Rossiya o`z milliy iqtisodiyotining qayta tiklanishi uchun aniq tendensiyani namoyon qildi, Qirg`izistonning yalpi ichki mahsuloti to`rt barobar oshdi...

Ushbu yutuqlar ShHTga a`zo davlatlarning doimiy sa`y-harakatlari samarasidir. Tashkilot doirasida davlatlar ikki tomonlama va ko`p tomonlama hamkorlikdan sezilarli foyda olgan holda, so`nggi yillarda o`zaro hamkorlikni kuchaytirishga ko`proq intilmoqda.

2013 yilning sentyabr oyida XXR Raisi Si Szinpin “Ipak yo`lining iqtisodiy belbog`i” tashabbusini ilgari surdi va bu voqelik ShHTga a`zo mamlakatlar tomonidan tezda ijobiy baholandi. ShHTning deyarli barcha ishtirokchi davlatlari “Bir makon, bir yo`l” bo`ylab joylashgan bo`lib, bu holat ikki tomonlama va ko`p tomonlama pragmatik hamkorlikni chuqurlashtirishda tabiiy tanlovga aylandi. Megaloyihaning bir qismi sifatida ShHT a`zolari o`z savdolarini engillashtirish, ikki tomonlama sarmoyalarni izchil rivojlantirish, iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlikni kuchaytirish, avtomobilsozlik, temir yo`llar, tunnellar hamda energetika sohasidagi dasturlar va boshqa bir qator infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda birgalikda ish olib bormoqda.

Osiyo — Tinch okeani mintaqasi bo`yicha “IHS Markit” tadqiqot markazi bosh iqtisodchisi Radjiv Bisvasning ta`kidlashicha, ShHT sammiti ikki tomonlama hamkorlikni o`rnatish va rivojlanayotgan mamlakatlar bilan munosabatlarni mustahkamlashda yangi va muhim platformani yaratib berayotir.

O`tgan yilning iyunida Sindao shahrida bo`lib o`tgan ShHT sammitida Xitoy tomoni mezbon shaharda ShHT mamlakatlari uchun namunaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik zonasini qurishni taklif qildi. Bu erda 40 ta keng ko`lamli Xitoy va xorijiy hamkorlik loyihalari tatbiq etilib, yuqori sifatli asbob-uskunalar, biotibbiyot va boshqa sohalar uchun klasterlar yaratiladi. 2022 yilga borib esa import va eksportning yillik hajmi, xorijiy investisiyalarning umumiy miqdori, xorijiy pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo`yicha savdo aylanmasi hamda mintaqadagi markaziy hudud va ShHT mamlakatlari o`rtasidagi ikki tomonlama mehnat munosabatlari ikki barobar ortishi kutilmoqda.

2018 yil yakunida Xitoy ShHTga a`zo davlatlar hududida ettita savdo-iqtisodiy hamkorlik zonasini tashkil etdi. Tashkilotga a`zo mamlakatlarga kiritilgan sarmoyalarning umumiy hajmi 86 milliard AQSh dollaridan oshdi. Qishloq xo`jaligi, ishlab chiqarish, infratuzilma inshootlari munosabatlarning ustuvor yo`nalishiga aylandi.

Mahalliy tahlilchilar ta`kidlaganidek, Xitoy va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar ko`p tomonlama manfaatli hamkorlikdan foydalanib, xalqaro iqtisodiy aloqalar pozisiyasini qo`llab-quvvatlamoqda.

Haqiqatan ham, iqtisodiy ko`rsatkichlar ShHTga a`zomamlakatlarning qarorlari samaradorligini tasdiqladi.

Xalqaro valyuta jamg`armasi aprel oyi bo`yicha jahon iqtisodiyoti holati to`g`risidagi hisobotida 2019 yilda global iqtisodiy o`sish prognozini 3,3 foizga tushirdi. O`z navbatida, Xitoy prognozini 6,3 foiz o`sishga etkazilishini ma`lum qildi. “Assoshieyted press” axborot agentligiXitoy iqtisodiyoti birinchi chorakda barqaror bo`lganini qayd etib, import talabi yuqoriligi global iqtisodiy faolliknirag`batlantirishga yordam berishiga e`tibor qaratdi.

2018 yilda Rossiya bilan Xitoy o`rtasidagi savdo hajmi 100 milliard AQSh dollaridan oshgani tarixiy rekord hisoblanadi. Xuddi shu yili Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasida tovar ayirboshlash hajmining sezilarli o`sishi kuzatildi. Prognozga ko`ra, bu o`sish tendensiyasi joriy yilda ham izchil davom etadi.

Shuni ta`kidlash joizki, jahon savdosining pasayishi bilan bir vaqtda ShHTga a`zo davlatlar o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ham bir nechabaravar ortmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ta`kidlaganidek, odamlar yuradigan yo`llar kengroq bo`ladi. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zomamlakatlar 18 yil davomida farovonlik, xavfsizlik va imkoniyatlarni kengaytirishga intildi, natijada savdo yo`nalishlari tobora kengayib, mablag` va tovarlarning mamlakatlar o`rtasida erkin harakat qilinishiga imkon yaratildi. Shanxay hamkorlik tashkiloti nisbatan navqiron yoshda bo`lsa-da, uning a`zolari va hamkorlaridan juda ko`p narsani o`rgandi. Tashkilot foydali tajriba almashishga tayyor va boshqalarning muvaffaqiyatidan mamnundir. Dunyo taraqqiyoti xuddi ShHTga o`xshash tuzilmalardan barcha jarayoga ijobiy yondashishni talab qiladi.

250px-Xi_Jinping_March_2017.jpgSi Szinpin: ShHT — XALQARO MUNOSABATLARDA YaNGI

ALOQALARNI ShAKLLANTIRISh UChUN FOYDALI

PLATFORMA HISOBLANADI

Shanxay hamkorlik tashkiloti xalqaro munosabatlarda yangi aloqalarni shakllantirishda foydali bo`ladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin “TASS” va “Rossiyskaya gazeta” nashriga bergan intervyusida alohida aytib o`tdi.

Chunonchi, Si Szinpin ikki davlat o`rtasidagi munosabatlar xususida so`z yuritar ekan, ShHTning 18 yillik faoliyati davomida Xitoy va Rossiya o`zaro hamkorlikni mustahkamlash yo`llarini muvofiqlashtirib, mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni ta`minlash, taraqqiyot va farovonlikni oshirishni tashkilotning uzluksiz rivojlanishi hamda mustahkamlanishiga ko`maklashadi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisining fikricha, ShHT doirasida ikki davlatning o`zaro munosabatlari, birinchi navbatda, “Shanxay ruhi”ni rivojlantirishda o`ziga xos o`rin tutadi.

— “Shanxay ruhi”: o`zaro ishonch, o`zaro manfaat, tenglik, maslahat, madaniy xilmaxillikni hurmat qilish, umumiy rivojlanish istagi — ana shular ShHTning asosiy g`oyasidir, — dedi Si Szinpin.

— Xitoy ShHTga a`zo-davlatlar bilan birgalikda turli sivilizasiyalar to`qnashuvi, “sovuq urush” va boshqa salbiy qoliplardan voz kechib, konstruktiv hamkorlikni, o`zaro hurmat, teng huquqlilik, adolat va o`zaro manfaatli munosabatlarni yo`lga qo`ydi, — deya ta`kidladi XXR Raisi.

— O`tgan yili Sindao sammitida tomonlar yangi tarixiy bosqichda ShHTni rivojlantirish rejasini ishlab chiqdilar, —dedi Si Szinpin. — Bishkekda o`tadigan sammit ShHT jarayonida yana bir burilish nuqtasi bo`ladi. Xitoy barcha a`zo mamlakatlarbilan birdamlik, o`zaro ishonch va ko`p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun birgalikda harakat qilishga tayyor.

Snimok.JPGShHT Bosh kotibi: “BIR MAKON, BIR YO`L” TAShABBUSI

IShTIROKChI DAVLATLARNING BIRGALIKDA

RIVOJLANIShIGA KENG IMKONIYaTLAR YaRATADI

Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov Pekin shahrida ShHT kotibiyatida o`tkazilgan brifingda “Bir makon, bir yo`l” tashabbusining amalga oshirilishi ishtirokchi mamlakatlarning birgalikda rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishini ta`kidladi. “Bir makon, bir yo`l” loyihasi ShHTning maqsadlari, vazifalari va tamoyillariga to`liq mos keladi.

V. Norov xalqaro hamkorlik bo`yicha “Bir makon, bir yo`l” yuqori darajadagi ikkinchi forumi yaqinda muvaffaqiyatli yakunlanganini bildirdi. Uning qayd etishicha, mazkur loyiha milliy iqtisodiy rivojlanish strategiyalari, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlarining dengiz portlariga bevosita chiqishini hal qilish va mintaqani Sharqdan G`arbga, Shimoldan Janubga qadar bog`lovchi transkontinental magistral chorrahasigaaylantirishda keng istiqbolga ega.

Bosh kotib alohida qayd etganidek, ShHTga a`zo davlatlar Sindao deklarasiyasida xalqaro savdo munosabatlari va savdo proteksionizmining har qanday shakllarda bo`linishining oldini olish uchun intiladi.

— Shuning uchun ShHTga a`zo davlatlar ko`p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirib, savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish yo`li bilan o`zaro savdo uchun huquqiy bazani mustahkamlashga intilmoqda, —dedi tashkilot Bosh kotibi.

Bundan tashqari, V. Norov ShHT tomonidan xavfsizlik sohasida erishilgan natijalar haqida ham so`z yuritdi.

— ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi sa`y-harakatlari bilan xavfsizlikka tahdid va tahdidlarga qarshi kurashish sohasida a`zo davlatlarning vakolatli organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga ko`maklashilmoqda, — dedi u.

Ma`lumki, shu yilning 13-14 iyun kunlari Bishkek shahrida bo`lib o`tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlari kengashining 19-majlisida ishtirokchilar ShHTni rivojlantirish istiqbollari, xavfsizlik, iqtisodiyot, savdo-sotiq va gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, yirik xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilish yuzasidan fikr almashadilar.

— Sammit doirasida mintaqa mamlakatlari o`rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishni kuchaytirish, axborot texnologiyalari sohasi, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog`liqni saqlash va sport yo`nalishlarida aloqalarni yo`lga qo`yish bo`yicha hujjatlar to`plami imzolanishi kutilmoqda, — dedi V. Norov.

Bosh kotibning fikricha, Bishkek sammiti ShHT doirasida ko`p tarmoqli hamkorlikni kuchaytirishga alohida hissa qo`shishi, shubhasiz.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA