Qirg`iziston milliy filarmoniyasida, an`anaga muvofiq, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilari uchun konsert namoyish etildi.
Tadbirda ShHTga a`zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar rahbarlari ishtirok etdi.
Madaniyat va san`at xalqlarni yaqinlashtiradigan, o`zaro anglashuv va do`stlik rishtalarini mustahkamlaydigan muhim vositadir. Bu Shanxay hamkorlik tashkilotining maqsadlariga hamohang.
Mehmonlar e`tiboriga mintaqa xalqlari san`atining eng sara namunalari havola etildi. Jumladan, o`zbekcha kuy-qo`shiqlar olqishlar bilan kutib olindi.