Долзарб мавзулар Foto

Qonunga xilof ravishda harakat qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini qo`zg`atildi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 15.06.2019, 10:46

Sud qaroriga asosan javobgarlar “G.T. LEASING” MChJ va “S.A. LEASING” MChJ hisobidan solidar tartibda ATB “Xalq Banki” foydasiga 421.659.000 so`m asosiy qarz undirish belgilangan, ushbu ijro hujjati bo`yicha Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo`limi tomonidan muayyan ijro harakatlari amalga oshirilgan.

Xususan, “SERGELI AVTO LEASING” MChJga tegishli, davlat raqami 01 402 NDA bo`lgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi fuqaro X. P.da ekanligi aniqlanib, ushbu avtotransport vositasi mavjud qarzdorlikni undirishni ta`minlash maqsadida xatlangan va X.P.ga saqlash uchun topshirilgan.

Davlat ijrochisi joriy yilning 10 may kuni xatlanib, saqlash uchun fuqaro X.P.ga topshirilgan avtomashinani ko`zdan kechirish uchun borgan vaqtida, fuqaro X.P. ushbu 55.000.000 so`mga teng bo`lgan avtotransport vositasini bank xodimlari olib ketganligini vaj qilib, aldab,vaqtincha saqlash uchun berilgan avtotransport vositasini qonunga hilof ravishda yashirib, qonunda belgilangan talablarni bajarmasdan bo`yin tovlagan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Sergeli tuman bo`limi tomonidan fuqaro X.P.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 233-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA