Долзарб мавзулар Foto

O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 17.06.2019, 18:11

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 iyun kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlar joriy yil 14-15 iyun kunlari Bishkek va Dushanbe shaharlarida bo`lib o`tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengashning beshinchi sammiti tadbirlari yakunlari yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbatda O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamash, ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini ko`rib chiqildi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ustuvor loyiha va dasturlarni, jumladan, joriy yil 30 may kuni Urganch shahrida bo`lib o`tgan O`zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo`shma komissiya birinchi majlisida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligiga alohida e`tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalarni ham muhokama qildilar.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA