42

Sharqiy harbiy okrugda inspeksiya tekshiruvi mashg`ulotlari boshlandi

Jamiyat 18.06.2019, 15:18
421
Sharqiy harbiy okrugda inspeksiya tekshiruvi mashg`ulotlari boshlandi

17 iyun kuni Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tomonidan Sharqiy harbiy okrugda joylashgan Farg`ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida inspeksiya tekshiruvi mashg`ulotlari boshlandi. Tekshiruvdan asosiy maqsad bo`linmalarning jangovar shayligini tekshirishga qaratilgan.

Mashg`ulotlarning birinchi kunida shaxsiy tarkib xamda harbiy texnikalarning jangovar shayligi tekshirildi. Unda harbiy xizmatchilarning tashqi ko`rinishi, qurol-aslahalari, safar anjomlari, saf ko`rigi va saf qo`shiqlarini aytib yurishiga baho berildi.

Tekshiruvlarda harbiy qism va yurt posbonlarining jangovar tayyorgarlik holatini har tomonlama nazoratdan o`tkazishga urg`u berilmoqda. Farg`ona garnizonidagi jangovar texnikalar va harbiy avtomobilalar sozligi, texnik nosozlik vujudga kelganda uni bartaraf etishda kerak bo`ladigan zaxira asbob-anjomlari butligi ham ko`zdan kechirildi.

Shuningdek, Farg`ona garnizonida bo`linmalarning jangovar tayyorgarligini tekshirish mashg`ulotlarida harbiy xizmatchilar harbiy topografiya va jismoniy tayyorgarlik bo`yicha sinovlarni topshirishdi. Shuningdek, barcha toifadagi bo`linma komandirlarining nazariy va amaliy bilimlarini tekshirish boshlandi.

Mashg`ulotlarining keyingi bosqichlarida yurt qalqonlarining taktik va maxsus tayyorgarligi, ommaviy qirg`in qurollaridan himoyalanish, guruh va o`tochar qurollardan nishonlarga o`q otish bo`yicha ko`nikmalarini sinovdan o`tkazish rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Комментарии