AsosiyDunyo

Saudiya Arabistonida aeroportga hujum qilindi (Video)

'Saudiya Arabistonida aeroportga hujum qilindi (Video)'ning rasmi

Saudiya Arabistonining ikkita aeroportiga Yamandagi isyonchi husiylar guruhi tomonidan hujum uyushtirildi, deb xabar berdi Euronews.com.nashri

Ma`lumotlarga ko`ra, Saudiya Arabistonining janubiy qismidagi Jizana va Abxa aeroportlariga dronlar yordamida hujum qilingan. Ushbu hujumlar Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya kuchlarining Al- Xodeyda shahri, Taiz, Xadja va Saad provinsiyalaridagi aholi punktlariga aviasiyasi tomonidan zarba berishiga javob tariqasida amalga oshirilgani aytilmoqda.

Husiylar Saudiya Arabistonini harbiy havo kuchlari 2018 yil dekabrida imzolangan Al- Xodeyda shahrida o`t ochishni to`htatish borasidagi kelishuvni buzganlikda ayblamoqda.Saudiya Arabistoni qo`llab- quvatlovi ostidagi yaman armiyasi va isyonchi husiylar o`rtasidagi qurolli qarama- qarshilik 2014 yildan buyon davom etmoqda. Ushbu mojaro bugungi kunda sayyoramizdagi eng yirik ijtimoiy inqirozning kelib chiqishiga sabab bo`ldi. BMT ma`lumotlariga ko`ra, 24 mln.dan ortiq kishi – Yaman aholisining 80 % insonparvarlik yordamiga muhtojdir.


Boshqa yangiliklar