Долзарб мавзулар Foto

Eron Evropa Ittifoqiga yadro kelishuvi bo`yicha muhlat berdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 18.06.2019, 16:03

Eron Evropa Ittifoqiga yadro kelishuvini saqlab qolish bo`yicha aniq qadamlar qabul qilishi 60 kun muhlat berdi , deb xabar berdi Euronews.com.nashri.

Aks holda Tehron yadro qurolini tarqatmaslik bo`yicha kelishuvdan chiqishi bilan tahdid qilmoqda. Mamlakat parlamentining yadro masalalari bo`yicha qo`mitasi rahbari Mujtab Zannurning ta`kidlashicha, shart bajarilmasa Tehron uranni boyitish darajasini tinchlik maqsadida zarur bo`lgan foizgacha ko`taradi.

Bunga Oq uy rasmiy vakili munosabat bildirib, Tehronning xatti- harakatlarini “yadro shantaji”, deb atadi. Evropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini esa Eron kelishuv shartlariga rioya qilishda davom etishiga umid qilishini bildirdi. Evropa ittifoqi ushbu kelishuvni saqlab qolishdan manfatdor ekanligini ta`kidlab o`tdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA