Ташкент +4° Tue 18:14
Долзарб мавзулар Foto

”Forish”da O`zbekiston-Buyuk Britaniya harbiylari bilan hamkorlikda mashg`ulotlar o`tkazilmoqda(foto)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Foto
Добавлено: 21.06.2019, 14:02

Markaziy harbiy okrugiga qarashli ”Forish” tog` poligonida O`zbekiston-Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlari vakillari bilan hamkorlikdagi taktik mashg`ulotlar o`tkazilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unda Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlaridan tashrif buyurgan 30 nafardan ziyod harbiylar hamda O`zbekiston maxsus operasiya kuchlari bo`linmalari ishtirok etmoqda.

14 iyun kunidan boshlangan ushbu hamkorlikdagi o`quvlarda shahar va cho`l hududida shartli dushman o`rnashgan bino yoki joyga seksiya va guruh tarkibida kirib borish, qurshab olish, hujumga o`tish taktikasi ko`rib chiqilyapti.

Shuningdek, mashg`ulotlarda Buyuk Britaniyaning O`zbekiston elchixonasidagi harbiy attashesi podpolkovnik Endryu Strefford va Maksim Kudryasev, malakali yo`riqchilar Kurtis Kane, Pankin Brentobin va boshqalar qatnashmoqda.

Mazkur qo`shma mashg`ulotlar 28 iyun kuniga qadar davom etadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA