Ташкент +4° Tue 18:14
Долзарб мавзулар Foto

“Toshkent dengizi” da harbiy xizmatchilarning parashyut bilan suvga sakrash mashqlari bo`lib o`tmoqda

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Foto
Добавлено: 26.06.2019, 09:56

Mudofaa vazirligi maxsus bo`linma harbiy xizmatchilarining “Toshkent dengizi” da parashyut bilan suvga sakrash bo`yicha amaliy o`quv mashg`ulotlari bo`lib o`tmoqda. O`tgan 2018 yilda milliy armiyamizda ilk bora parashyut bilan suvga sakrash jangovar mashg`uloti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi.

O`zbekning sara desantchilarining bu boradagi tajribalarini mustahkamlash ko`zda tutilgan navbatdagi mashg`ulotlar Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Toshkent dengizi”da amalga oshirildi.

Mashg`ulot rahbari podpolkovnik Alisher Ubaydullaev yo`riqnomalari asosida etmish to`rt nafar harbiy xizmatchi parashyut bilan suvga sakrashning muhim jihatlari, qat`iy qonuniyatlarini o`zlashtirdi. Parashyutlar yana bir bor nazoratdan o`tkazildi. Shundan so`ng, belgilangan vaqtlarda sakrash elementlari ketma-ketligini taqozo etuvchi ko`nikmalarga ega abjir desantchilar Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Mi-8 harbiy vertolyoti bortidan joy oldi.

Jami 74 nafar desantchi olti guruhga bo`lingan holda navbatma-navbat suvga sakrash jangovar vazifasini a`lo darajada ado etdi; suvga sho`ng`ish chog`ida parashyut yuk xaltasini echib, sohilga suzib chiqishdi.

Desantchilarning har bir xatti-harakati Qurolli Kuchlar Bosh Shtabi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasining mas`ul ofiserlari tomonidan kuzatib borildi.

Ushbu mashg`ulot, eng avvalo, ilk bor suvga sakrayotgan desantchining o`z imkoniyatlarini kengaytirishi, har qanday vaziyatda jangovar shay holatda bo`lishini ta`minlashi bilan ahamiyatlidir.

Mudofaa vazirligi Axborot va

ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA