Ташкент +4° Tue 19:14
Долзарб мавзулар Foto

Bangkokda "Sarvqomat dilbarim" badiiy filmi premerasi o`tkaziladi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 28.06.2019, 17:06

Joriy yilning 20 iyul kuni Bangkokdao`tkaziladigan kino kunlari doirasida "Sarvqomat dilbarim" badiiy filminamoyish etiladi. Bu haqda "O`zbekkino" matbuot xizmati xabar berdi.

“O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan ushbu kino kunlariga Xalqaro bo`lim boshlig`i Umid Zunnunov, kinorejissyor Sarvar Karimov, kinoaktyor Adiz Rajabov qatnashadilar. 21 iyul kuni esa OAV uchun film ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tadi.

Film qirg`iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning romani asosida ishlangan O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi noyob qo`shma loyiha bo`lib, har ikki mamlakatda ham suratga olingan.

Oddiy muhabbat hikoyasida shaharning yuk mashinasi haydovchisi Ilyos, bir qishloqqa sayohat paytida qizil sharfli ayolni, ya`ni Asalni sevib qolgani tasvirlangan. Rejissyor Sarvar Karimov va taniqli aktyor Adiz Rajabov - o`zbek kino san`ati sohasida taniqli kinoijodkorlardan.Asal rolida aktrisa Madina Talibek, Qirg`iziston kinosining eng yaxshi aktrisasi hisoblanadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA