41

Chempionlarning uchdan ikki qismi o`zbekistonlik yosh shaxmatchilar bo`ldi

Sport 28.06.2019, 17:12
2088
Chempionlarning uchdan ikki qismi o`zbekistonlik yosh shaxmatchilar bo`ldi

20-27 iyun kunlari poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida shaxmat bo`yicha 7 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan maktab o`quvchilari o`rtasida XV Osiyo chempionati bo`lib o`tdi.

Xalqaro shaxmat federasiyasi(FIDE)ning rasmiy turniri sanaladigan ushbu musobaqa Osiyo shaxmat federasiyasi hamda O`zbekiston hukumati ko`magida tashkil etildi. Musobaqada qit`amizning 23 mamlakatidan kelgan qariyb 300 nafar yosh aql-idrok sohibi g`oliblik uchun dona surdi. Maktab o`quvchilari o`rtasidagi qit`a birinchiligi 7, 9, 11, 13, 15 va 17 yoshgacha bo`lgan jami 6 yosh toifasida o`tkazilib, 12 nafar chempiondan naqd 8(!)tasini hamyurtlarimiz tashkil qildi.

17.jpg

16.jpg

7 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida bangladeshlik Varsiya Xusbu 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg`argan holda oltin medalga sazovor bo`ldi. 9 yoshgacha bo`lgan shaxmatchilar orasida esa o`g`il bolalar va qizlar o`rtasida ham chempionlikni mehmonlar ilib ketishdi. O`g`il bolalar orasida eronlik Amir Jalolvand 7,5 ochko bilan g`olib chiqdi. Qizlar o`rtasida kechgan bellashuvlarda esa qo`shni Qozog`iston vakilasi Elnaz Kaliaxmet yuz foizlik natija bilan o`ziga xos sensasiya qayd etdi.

O`zbekistondan chetga ketgan yana bir oltin medalni turkmanistonlik Azat Nurmamedov qo`lga kiritdi. 17 yoshgacha bo`lgan shaxmatchilar o`rtasidagi bahslarda ishtirok etgan ushbu yosh shaxmatchi 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg`ardi va g`oliblik shohsupasiga ko`tarildi.

14.jpg

3.jpg

Qolgan barcha oltin medallarni o`zbekistonlik yosh aql-idrok sohiblari qo`lga kiritdi. Jumladan, o`g`il bolalar orasida o`z yosh toifalarida Akbar Allaberganov (7 yosh), Mirabror Mirpo`latov (11 yosh), Muhiddin Madaminov (13 yosh), Samandar Shermuhamedov (15 yosh), qizlar o`rtasida esa Afruza Hamdamova (11 yosh), Umida Omonova (13 yosh), Yuliya Xegay (15 yosh) hamda Ozoda Husainova (17 yosh) shohsupaning eng yuqori pog`onasidan joy oldi. Mazkur natija bilan O`zbekiston terma jamoasi a`zolari umumjamoa hisobida 1-o`rinni qo`lga kiritdi.

5.jpg

6.jpg

7.jpg

10.jpg

11.jpg

12.jpg

13.jpg

Комментарии