Ташкент +4° Tue 18:14
Долзарб мавзулар Foto

Prezident yangi aeroport qurilishini ko`rdi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 29.06.2019, 11:29

Prezident Shavkat Mirziyoev 28 iyun kuni «Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko`zdan kechirdi.

Bu erda fuqarolik (ishbilarmonlik) aviasiyasi tashkil etish bo`yicha 2017 yil 30 iyunda Prezident qarori qabul qilingan edi. Davlatimiz rahbari o`tgan yili bu erga kelib, mazkur aerodromni qayta qurish bo`yicha loyiha takliflari bilan tanishgan edi.

Bugungi kunda aeroportda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. 4 kilometr uzunlikdagi ikkita uchish-qo`nish yo`lagi, samolyotlar to`xtab turishi uchun angar va perron, yuqori darajadagi delegasiyalar, ishbilarmon doiralar vakillari va soatiga ming nafar yo`lovchiga xizmat ko`rsatuvchi terminallar bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Prezident bu aeroport nafaqat bugun, balki kelajak uchun barpo etilayotgani, shu bois uni uzoqni o`ylab, sifatli va xavfsiz qilib qurish zarurligini ta`kidladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA