Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlari hududida qurilgan yangi avtomobil yo`lini borib ko`rdi.
19 kilometrdan ziyod uzunlikdagi mazkur yo`l qurilishi uch bosqichda amalga oshirilishi belgilangan. Bugungi kunda uning 12 kilometri, jumladan, Chirchiq daryosi ustida ko`prik barpo etilgan.
Ma`lumki, Toshkent shahrini Chorvoq hududi bilan bog`laydigan avtomobil yo`lida qatnov juda ko`p. Dam olish mavsumida ko`pincha tirbandlik yuzaga keladi. Bu yangi yo`l katta yuklamani o`ziga olib, masofani ham qisqartiradi, aholi va sayyohlarning kurort zonalarga tez va oson etib borishini ta`minlaydi.
Prezident yo`llar qurilishini izchil davom ettirish, bu sohada sifatni ta`minlash uchun malakali kadrlar tayyorlash zarurligini ta`kidladi. Toshkent avtomobil yo`llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish institutida Germaniyaning o`qitish tizimini joriy qilish, shu sohada o`rta mutaxassislar tayyorlaydigan mintaqaviy kollejlar tashkil etish bo`yicha tavsiyalar berdi.