Ташкент +4° Mon 08:21
Долзарб мавзулар Foto

“Xalqaro Olimpiya kuni” yurtimizda “Xalq sayli” tarzida nishonlanadi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 29.06.2019, 12:02

Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan buyuk kashfiyotlar bisyor. Shulardan biri – bu asrlar davomida tinchlik, do`stlik, halollik va o`zaro birdamlik kabi umumbashariy g`oyalarni targ`ib etib kelayotgan Olimpiya o`yinlaridir.

Ildizi bir necha ming yillarga borib taqaladigan bu o`yinlar keyinchalik deyarli unut bo`lib ketgandi. Ammo, bundan naqd 125 yil muqaddam fransiyalik islohotchi, baron Per de Kubertenning tashabbusi bilan qadimiy Olimpiya o`yinlariga qayta jon bag`ishlandi. Sodda qilib aytadigan bo`lsak, 1894 yilning 23 iyun sanasida Xalqaro Olimpiya qo`mitasi(XOQ)ga asos solindi. Shundan beri 23 iyun butun dunyoda “Xalqaro Olimpiya kuni” sifatida keng nishonlanib keladi.

Ayni paytda XOQ jahonning 206 mamlakatini o`z atrofiga birlashtirgan. 1994 yildan e`tiboran O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi ham ushbu nufuzli sport tashkilotining teng huquqli a`zosi sanaladi.

Mana, 26 yildirki mamlakatimizda “Xalqaro Olimpiya kuni” keng nishonlanib keladi. Biroq, bu safar MOQ ushbu sanani shunchaki oddiy sport tadbiri sifatida o`tkazib yuborishni istamadi.

Tashkilotning yangi rahbariyati tashabbusi hamda hukumatimizning bevosita qo`llab-quvvatlashi natijasida 2019 yil 6 iyul kuni mamlakatimizda “Xalqaro Olimpiya kuni”ga bag`ishlab “Xalq sayli” umummilliy sport musobaqalarini o`tkazishga qaror qilindi.

E`tiborlisi, “Toiko sari yo`l” shiori ostida o`tkaziladigan sport tadbirlari bu safar nafaqat poytaxtimiz, balki butun respublikamizni qamrab olishi ko`zda tutilgan.

O`zbekiston milliy axborot agentligi esa ushbu sana bilan bog`liq tadbirlarni keng yoritishni maqsad qilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA