Му5
50

Meksikalik qilichboz O`zbekiston fuqaroligini oldi

Sport 04.07.2019, 17:23
2834
Meksikalik qilichboz O`zbekiston fuqaroligini oldi

Meksikalik qilichboz Paola Pliego O`zbekiston fuqaroligini oldi va endilikda xalqaro musobaqalarda O`zbekiston nomidan qatnasha boshlaydi.

24 yoshli atlet bunday qarorga kelishini Meksika Olimpiya Qo`mitasidagi korrupsiya holati bilan izohlagan.

Ayni paytga kelib, Xalqaro Qilichbozlik Federasiyasi rasmiy saytida Paolo O`zbekiston fuqarosi sifatida ko`rsatilgan.

“Tribuna.uz”ning mamlakat sportidan boxabar manbasi yaqinda bir murabbiy va uch nafar xorijlik sportchiga xalqaro musobaqalarda O`zbekiston sharafini himoya qilishi uchun fuqarolik berilganini tasdiqladi.

Manbaga ko`ra, Paolo Pliego 2019 yilgi Jahon kubogida O`zbekiston nomidan qatnashadi.

paola-pliego (1).jpg

Pliego 2016 yilgi Rio Olimpiadasiga qadar xalqaro miqyosda qator yutuqlarga erishib kelgan, ammo Braziliya poytaxtiga jo`nab ketishiga uch kun qolganda doping bilan bog`liq muammo tufayli olimpiya o`yinlarida qatnasha olmay qolgan.

Wikipedia ma`lumotiga ko`ra, Mexikoda tug`ilgan Pliego 2013/14 mavsumini Xalqaro Qilichbozlik Fedepasiyasi (FIE)ning yosh sablyachilar ro`yxatida 150 ochko bilan birinchi o`rinda yakunlagan. Ya`ni Paolo o`z vaqtida sablya yo`nalishida ayollar o`rtasida jahonning birinchi raqamli yosh qilichbozi edi.

Paolo Pliego 2015 yilda Pan Amerika chempionatida bronza, Satellit turnirida kumush medalni qo`lga kiritgan.

NewsBeezerning yozishicha, 2016 yilgi yozgi Olimpiada arafasida Pliego topshirgan namunadan taqiqlangan modafinil moddasi topilgan. U buni rad etganiga qaramay, olimpiya o`yilarida qatnasha olmagan. Oradan bir oy o`tib, qayta tahlil o`tkazilganda doping testi salbiy natija bergan. Biroq bu vaqtda Olimpiada yakunlanib bo`lgan edi.

Bu xatolikdan so`ng mazkur doping tahlilini o`tkazgan, Meksika Jismoniy tarbiya va sport milliy komissiyasiga qarashli laboratoriyaning lisenziyasi bir yilga olib qo`yilgan.

412217.jpg

Shunga qaramay, Pliegoning Meksika qilichbozlik federasiyasi va Meksika Olimpiya qo`mitasi rahbariyati bilan muammolari barham topmagan. Mahalliy sport mulozimlari uning 2018 yildagi Markaziy Amerika va Karib mintaqasi o`yinlarida qatnashishiga izn berishmagan.

Natijada Paolo Pliego jahon chempionati va Olimpiadada g`olib chiqish orzusiga O`zbekiston bayrog`i ostida erishishga qaror qilgan.

15 iyuldan Budapeshtda boshlanadigan jahon chempionati Pliegoning O`zbekiston terma jamoasidagi ilk turniri bo`lishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, asli o`zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov 2008 yildan buyon Xalqaro Qilichbozlik Federasiyasi (FIE) prezidenti hisoblanadi.

Шарҳлар