AsosiyDunyo

Eronni javobgarlikka tortish masalasi muhokama etildi (Video)

'Eronni javobgarlikka tortish masalasi muhokama etildi (Video)'ning rasmi

Vena shahrida AQSh so`rovi bilan MAGATE boshqaruv kengashining maxsus yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda Eronni javobgarlikka tortish masalasi muhokama etildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Bundan avval MAGATE agentligi Islom respublikasi boyitilgan uran hajmini yadro dasturi bo`yicha kelishuvda belgilangan me`yorlardan oshirganini tasdiqlagan edi. Evropa Ittifoqi ayni damda mazkur bitimni saqlab qolish borasida aniq takliflarni bermayotgani ortidan rasmiy Tehron shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarishdan birin- ketin bosh tortishini ma`lum qilmoqda. Eron prezidenti Xasan Ruhoniy bitim shartlarni birinchi bo`lib amerikaliklar buzganligni va endi esa Eronni ayblayotganini ta`kidladi.

"Bu juda kulgili, dunyo siyosati tarixida bunaqasini har doim ham ko`rmaysan", deya aytib o`tdi Ruhoniy. Vashington esa barcha aybni Eronga ag`darmoqda. AQSh rahbari Donald Tramp Eron uzoq vaqt mobaynida xufyona tarzda uranni boyitib kelgan, deb yozuv qoldirdi o`zining Tvitter sahifasida. AQSh mamlakatga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda. Bunga javoban Eron bitimda o`z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishdan voz kechish bo`yicha yangi bosqichga o`tishini ta`kidladi va yadro kelishuviga a`zo davlatlarga Tehron manfaatlarni himoya qilish uchun 60 kun muhlat berdi.

Boshqa yangiliklar