Energiya resurslari, suv ta`minoti va suv chiqarish, qattiq maishiy chiqindilar sohasida to`lov intizomini mustahkamlashda hamkor tashkilotlar bilan faoliyat yuritish o`z samarasini bermoqda. Majburiy ijro byurosi Sayxunobod tumani bo`limi tomonidan o`tgan davr mobaynida maishiy chiqindilar uchun 57,6 mln. so`m miqdorida to`lov undirilib, belgilangan rejalar ortig`i bilan uddalanmoqda.
Bunda albatta tuman "Toza hudud" DUK xodimlarining ham munosib hissasi bor. Ushbu sohada elkadosh bo`lib mehnat qilayotgan insonlarni har tomonlama qo`llab-quvatlash, moddiy rag`batlantirib borish, ish unumdorligini oshirishda muhim o`rin tutadi.
Majburiy ijro byurosi Sayxunobod tumani bo`limi tomonidan korxonaning undiruvlarda faol ishtirok etgan bir guruh xodimlariga tashakkurnoma e`lon qilinib, ular qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishdi.