AsosiyDunyo

Hindistonda tinimsiz yog`ingarchilik suv toshqinlariga sabab bo`ldi (Video)

'Hindistonda tinimsiz yog`ingarchilik suv toshqinlariga sabab bo`ldi (Video)'ning rasmi

Hindistonning Assam shtatida kuzatilayotgan tinimsiz yog`ingarchilik keng ko`lamli suv toshqinlarni keltirib chiqardi, deya xabar berdi Vesti nashri.

Tabiiy ofatdan 800 mingdan ortiq kishi jabrlandi yana 6 kishi esa halok bo`lgani aytilmoqda. Hozirda Braxmaputra, Beki, Bxareli, Dxansiri va Putimari daryolaridagi suv sathi xavfli ko`rsatkichga qadar ko`tarilib ketgan. Toshqinlar shtatning 33 okrugidan 21 tasiga talofat etkazgan. Sinoptiklar hududda yog`ingarchilik yana ikki kun davom etishi haqida ogohlantirishmoqda. Shtatning Barpeta okrugida 85 mingdan ortiq kishi boshpanasidan ayrilgan.


Boshqa yangiliklar