Долзарб мавзулар Foto

O`qituvchilarning oylik maoshi sezilarli oshishi kutilmoqda

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 15.07.2019, 14:01

Xalqaro press-klubning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to`g`risida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan sessiyasida xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Temurjon Komilov o`qituvchilarning oylik maoshi haqida ma`lumot berdi.

Uning aytishicha, yaqin yillarga qadar o`qituvchining oyligi juda kam bo`lib, uning obro`si ham tushib ketgan edi. Prezidentimizning e`tibori bilan bugun bu manzara ijobiy tomonga o`zgargan.

Ta`kidlanishicha, 2016 yilda birinchi toifali o`qituvchi 980 ming so`m, direktor jamg`armasi tomonidan to`lanadigan rag`batlantiruvchi mukofot bilan qo`shganda esa qo`liga 1 million 200 ming so`mga yaqin pul olar edi. Joriy yildan bu toifadagi o`qituvchilar soliqlardan tashqari 2 million 600 ming so`m atrofida oylik olmoqda.

Prezidentimizning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to`g`risida”gi farmoni hamda oldindan rejalashtirilgan tartibga ko`ra, o`qituvchilarning oylik maoshida sezilarli o`sish bo`ladi. Endilikda oliy toifali o`qituvchilar barcha ustamalar bilan 3,2 mln. so`mgacha oylik maosh olishi belgilanmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA