AsosiyDunyo

Hindistonda attraksion sinib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo`ldi (Video)

'Hindistonda attraksion sinib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo`ldi (Video)'ning rasmi

Hindistonning Ahmadobod shahridagi ko`ngilochar bog`lardan birida baxtsiz hodisa ro`y berdi. Bu erda atraksionning sinib ketishi natijasida kamida ikki kishi halok bo`ldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, hodisa Gudjarot shtatidagi Kankariya bog`ida ro`y bergan. «Diskaveri» nomli attraksionda 30 kishi uchayotgan vaqtda baxtsiz hodisa ro`y bergan. Mayatnik ko`rinishidagi attraksionning aylana gondolasi sinib ketgan. Natijada ikki kishi halok bo`lgan, yana 15 kishi og`ir tan jarohati olgan. Yuz bergan ko`ngilsiz voqea oqibatida jami 29 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Sud laboratoriya ekspertizasi attraksion nima sababdan singaniga aniqlik kiritmoqda.


Boshqa yangiliklar