Долзарб мавзулар Foto

Sumka astari ostiga yashirilgan patron aniqlandi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 19.07.2019, 10:00

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga ko`ra, bojxona nazoratini chetlab, bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona xujjatlariga o`xshatib yasalgan xujjatlardan aldash yo`li bilan foydalanib, qurol-yarog`, o`qotar qurol yoki o`q-dorilarni O`zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o`tkazish kontrabanda jinoyati hisoblanib, besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bojxona xodimlari navbatdagi kontrabanda jinoyatiga chek qo`yishdi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali yurtimizga xorijdan kirib kelgan fuqarosi R.N. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, uning sumkasining astari ichida 9 mm kalibrli pistolet uchun mo`ljallangan patron yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA